Muammoli ma’ruza

"Gidromelioratsiya" fakulteti "Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish" kafedrasi professor-o‘qituvchilari  tashabbusi bilan 2021 - yil 19-fevral kuni 5450200-Suv xo‘jaligi va melioratsiya hamda 5450800 – Suv xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish ta’lim yo‘nalishlarining 3-va 4-kurs talabalari uchun Institutimiz 2-zalida muammoli ma’ruza tashkil etildi. Muammoli ma’ruzaga Turkiya davlatining Toshkent shahridagi  Green agro  nomli tomchilatib sug‘orish texnologiyasini ishlab chiqish tashkilotning bosh injeneri Akif Keskinkilich tashrif buyurdi.

Muammoli ma’ruza davomida Respublikamizda amalga oshirilayotgan suv tejamkor sug‘orish texnologiyalarning joriy qilinishi, ishlashi, ekspluatatsiyasi bo‘yicha dolzarb ma’lumotlar talabalar e’tiboriga yetkazildi. Ma’ruza juda qizg‘in va savol javoblar bilan o‘tdi.Tadbir talabalarda katta qiziqish uyg’otib bu kabi tadbirlarni ko’proq tashkil etish va talabalrga ilmiy faoliyatini tashkil etish bilan bog’liq masalalarni kengroq tushuntirish aytib o’tildi. Bunday tadbirlar kafedralarda davom etmoqda.

GMTF kafedrasi katta o’qutuvchisi N.Gadayev axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati