“Yangi O‘zbekiston - yangicha dunyoqarash” mavzusida tadbir

“Yangi O‘zbekiston - yangicha dunyoqarash” mavzusida tadbirlar tashkil etilmoqda. TIQXMMI “Gidrologiya va Gidrogeologiya” kafedrasining professor-o‘qituvchilari dos. D.Nazaraliyev, ass. S.Qodirov, ass. S.Mansurov va Q.Eshquvatovlar 2020-yil 20-noyabr kuni O‘rta Chirchiq tumanidagi “Gulobod” MFY hududidagi 60-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdilar. Tadbirda, "Gulobod" mahallasi aholisi vakillari, nuroniy otaxon va onaxonlar, xotin-qizlar kengashi a’zolari, maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari, hamda bir qator faollar qatnashdilar.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi bilan boshlandi. Tadbir o‘ta ko‘tarinki kayfiyatda va karantin qoidalariga rioya qilgan holda o‘tkazildi. Tadbirning ochilishida “Gidrologiya va Gidrogeologiya” kafedrasi mudiri, dos. D.Nazaraliyev so‘zga chiqib yurtimizda keyingi yillarda olib borilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy sohalardagi islohotlarning tub mohiyati haqida tadbir ishtirokchilariga yana bir bor gapirib o‘tdilar. Ma’ruzachi keyingi yillarda yurtimizda ko‘pgina sohalarda qo‘lga qiritilayotgan ulkan yutuqlarga alohida to‘xtab o‘tdi. Taqdimot bilan boyitilgan ushbu ma’ruza tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi.Tadbirda 60-maktab, Gulobod MFY raisi A.Dexqonov o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Tadbir badiiy qism bilan davom etdi. Badiiy qismda O‘rta Chirchiq tumani badiiy havaskorlari va 60-maktab badiiy to‘garaklarining ishtirokchilari hamda bir qator sportchi yoshlar o‘z chiqishlari bilan yig‘ilganlarni xushnud qildilar. Tadbirda 60-maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari tamonidan o‘zbek, rus, ingliz tillarida tadbir ishtirokchilarini tabiriklashdi. Tadbirda “Bilimdon-zukkolar” bellashuvi o‘tkazildi. Bellashuv g‘oliblariga va tadbirning faol ishtirokchilariga dos. D.Nazaraliyev va MFY raisi nomidan turli-xil esdalik sovg‘alari ulashildi. Tadbir juda ko‘tarinki ruhda va yuksak saviyada o‘tkazildi.

TIQXMMI matbuot xizmati