“Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi dotsenti oʼz sohasining yetuk olimi Giyaz Usmanovich 80 yoshni qarshiladi.

   “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi dotsenti Giyaz Usmanovich 80 yoshni qarshiladi. Giyaz Usmanovichning 80 yoshga toʼlishi munosabati bilan institut rektori nomidan Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor R.Choriev, “Gidromelioratsiya” fakulteti dekani А.Fatxulloev, “Xotin-qizlar masalalari boʼyicha maslahat kengashi” raisi Z.Ismailova, Kasaba uyushmasi raisi F.Irisov hamda “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi jamoasi tabrikladilar. Giyaz Usmanovichni muborak tavallud kuningiz bilan yana bir bor chin qalbimizdan tabriklaymiz. Xalq oldidagi xizmatingiz, oʼz kasbingizga boʼlgan fidoiylik, jonkuyarlik, halollik kabi xislatlaringiz institut jamoasi tomonidan qadrlanadi. Ustozga uzoq umr, oila va yaqinlari, doʼstu-birodarlari baxtiga doimo sogʼ-salomat boʼlishinini, koʼngillaridagi jamiki ezgu niyatlaringizga erishib yurishlarini tilab qolamiz.

 

TIQXMMI  matbuot xizmati