Talabalar turar joyida ichki tartib qoidalari 

GM fakulteti xotin kizlar kengash raxbari Z.F.Beknazarova va kengash azolari tomonidan 2021-yil 1-fevral kuni 4-sonli talabalar turar joyida qizlar oʼrtasida «Talabalar turar joyi ichki tartib qoidalari» toʼgʼrisida davra suhbati tashkil etildi. Oʼtkazilgan davra suhbatidan koʼzlangan maqsad talabalar turar joyida yashovchi qizlarning kiyinish, muomala madaniyati, axloqiy qadriyatlar, hamda shaxsiy va umumiy gigiena haqidagi bilimlarini kengaytirishdir. Shu bilan birga yigʼilgan qizlarga hozirgi vaqtda Prezidentimizning alohida etibor qaratayotgan diniy qadriyatlarimizda koʼzda tutilgan odob-axloq meʼyorlari haqida qoʼshimcha maʼlumotlar berildi. Bu maʼlumotlarni qizlarga tushuntirish yoshlarni ommaviy madaniyat taʼsirlaridan himoya qilish talim muassasasining asosiy vazifalaridan biridir.

TIQXMMI matbuot xizmati