Деканат

Fakultet dekani

Ishchanov Javlonbek Kurbanbayevich

Texnika fanlari nomzodi, dotsent

Tel.: +99871-237-19-80        

Email: j.ishchanov@tiiame.uz

 

 

         Javlonbek Kurbanbayevich Ishchanov 2024 yil mart oyidan ushbu lavozimda ishlab kelmoqda. U 2013-2023 yillarda Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasida assistetnt, katta o'qituvchi, dotsent lavozimlarida ishlagan. Uning fakultetda rahbarligi davrida yuqori malakali, xalqaro raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni rivojlantirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.


 

Dekan muovini

Babajanov Farruhbek Karimovich

Texnika fanlari falsafa doktori, PhD

Tel.: +99871-237-19-80        

Email: 

 

 

Babajanov Farruhbek Karimovich 1986 yil Xorazm viloyati Xiva shahrida tug`ilgan. 2005-2009 yillarda “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya  instituti”  talabasi (bakalavr), 2009-2011 qillarda shu universitetning injiner mutaxassisligi bo`yicha magistranti, 2012-2015 yillarda “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya  instituti” hisobot bo`limi hisobchisi, 2015-2018 yillarda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandistlari instituti” huzuridagi pedagok kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazi bosh hisobchisi, 2018-2021 yillarda “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” ihtisosligi bo`yicha tayanch doktaranti, 2022 yildan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandistlari instituti” Millay tadqiqot universiteti “Gidromelorotsiya” fakulteti dekani muovini lavozimida ishlab kelmoqda.


 

Dekan muovini

Qoraboyev Asatilla Jumadilla o'g'li

Tel.: +99871-237-19-80        

Email: 

               

 

Qoraboev Asatilla Jumatilla o`g`li  2015-2019 yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti talabasi, 2019-2021 yillarda.- Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandistlari instituti Gidromelioratsiya fakulteti Melioratsiya va sug`orma dehqonchilik yo`nalishi magistranti, 2019-2022 yillarda.- Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandistlari instituti huzuridagi pedagok kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazi dasturchisi, 2022 yildan hozirgi vaqtga qadar “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandistlari institute” Millay tadqiqot universiteti “Gidromelorotsiya” fakulteti dekani muovini lavozimida ishlab kelmoqda.


Fakultet xotin-qizlar raisi

Beknozarova Zamira Farmanovna

Tel.: +99871-237-19-80

E-mail: z.beknazorova@tiiame.uz

 

 

 

1969 yilda Kashkadaryo viloyati Kamashi tumanida xizmatchi oilasida tavallud topgan. 1986 yil Samarkand Davlat Universitetining «Fizika» fakultetining «Umumiy fizika» yo‘nalishini «fizik» mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga kirib 1991 yilda oliy ma’lumotni olgan. 1997 yildan boshlab, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Nazariy mexanika” va “Fizika va kimyo” kafedralarida katta laborant, 2005 yildan xozirgi kungacha “Fizika va kimyo” kafedrasida o‘kituvchi lavozimida ishlab kelmokda.


Fakultet yoshlar ittifoqi yetakchisi

Sagdullayeva Sarvina Maxmudovna

Tel.: +99871-237-19-80

 

 

 

 

Sagdullayeva Sarvina Maxmudovna 2005-yil Toshkent viloyati Qibray tumanida tug'ilgan. Ma'lumoti tugallanmagan oliy. 2022-yildan "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti" Milliy tadqiqot universitetining talabalar safiga qabul qilindi, hozirda Gidromelioratsiya fakulteti "Daryo va suv omborlari gidrologiyasi" bakalavriatura yo'nalishi 2-bosqich talabasi. Bugunga qadar USAIDning "Suv resurslari va atrof muhit" mintaqaviy loyihasi doirasida Butunjahon suv kuniga bag'ishlab o'tkazilgan "Munozaralar" tanlovining eng faol ishtirokchisi. Mirzo Ulug'bek vorislari respublika tanlovining tuman, viloyat bosqichi g'olibi va respublika bosqichi ishtirokchisi. 2023-yilda o'tkazilgan K-water tanlovining g'olibi sifatida e'tirof etilgan.