O'zbekiston Respublikasi "REFERENDUMI" mavzusida davra suhbati...

"TIQXMMI"MTU "Gidromelioratsiya" fakultetida 2023 yil 30 aprel O'zbekiston Respublikasi "REFERENDUMI" mavzusida joriy yilning 30 mart kuni Mirzo Ulug'bek tumani "Fuqarolik sudi" sudiyasi Jalolov Aziz, Xalq deputatlari Mirzo Ulug'bek tuman Kengashi deputati, tuman targ'ibot guruhi a'zosi Safarova Hurshida Ochilovna, Xalq deputatlari, Olmazor tuman Kengashi deputati shahar targ'ibot guruhi a'zosi Eshbekov To'lqin Usmonovich, Respublika ma'naviyat va ma'rifat Kengashi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi,  tuman targ'ibot guruhi a'zosi Botirov Nasriddin Bobomurodovich, Mirzo Ulug'bek tumani "Lashkarbegi" mahalla fuqarolar yig'ini raisi Karimova Nigora Agzamovna,  "Lashkarbegi" mahalla fuqarolar yig'ini faollari, nuroniylari hamda "Gidromelioratsiya" fakulteti dekanati, fakultet tyutirlari va 220 nafar fakultet talabalari ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi.

    “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish kiritilmoqda. Tegishli qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qilindi.

     Unga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunga Saylov kodeksiga so‘nggi yillarda kiritilgan o‘zgartishlardan kelib chiqqan holda referendum o‘tkazuvchi komissiyalar vakolatlarini aniqlashtirish, komissiyalar qarorlari yuzasidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish, kuzatuvchilarning huquqlarini kengaytirish va boshqa bir qator tuzatishlar kiritish nazarda tutilganligi takidlandi.

     Davra suhbatida shuningdek, “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylov jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilinganligi ham takidlab o'tildi.

     Davra suhbati bayramona shukuhda savol-jaboblarga boy, mazmunli bo’lib o’tdi…