To'garaklar

Kafedra qoshida “Meliorator” to‘garagi faoliyat olib bormokda.

To'garakga t.f.f.d., dotsent Abduraimova D.A. rahbarlik qilmoqda.  “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasining “Meliorator” to‘garagida 28 ta iqtidorli talabalar ilmiy faoliyat olib bordilar. Kafedramiz to‘garagi xar seshanba kuni soat 15.00 da o‘tkaziladi. To‘garakda xozirgi kunda kuzatilayotgan dolzarb muammolar muxokama qilinadi ularning yechimlari bo‘yicha fikrlar almashinadi. Shu bilan birgalikda to‘garagimizda fanlarimiz bo‘yicha bo‘ladigan olimpiadalarga ham tayyorgarlik ko‘riladi. To‘garakda faoliyat yuritayotgan talabalarimizning 2 nafari talabalarimiz “Irrigatsiya va Melioratsiya” va “Qishloq xo‘jaligida gidrotexnik melioratsiyasi” fanlari bo‘yicha olimpiadaning birinchi bosqichida ishtirok etib faxrli 1 va 2 o‘rinlarni egaladilar. Hozirgi kunda Respublika OTM lar o‘rtasidagi olimpiadaning 2-bosqichiga tayyorgarlik ko‘rmoqdalar. respublika onlayn fan olimpiadasining respublika bosqichida faxrli 1-2 o‘rinlarni egalladilar. Shu bilan birgalikda kafedramiz professor o‘qituvchilari tomonidan iktidorli talabalar bilan birgalikda institutimizning ilmiy tadqikot ob’ekti xisoblangan “Uchxozga” xam safarlar uyushtirilib turiladi.