Hamkorlar

«Hayot faoliyati xavfsizligi» kafedraning soha bo‘yicha ishlab-chiqarish bilan uzviy aloqasini ta’minlash, talabalarga bilim berish va professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek o‘quv va ishlab-chiqarish amaliyotini tashkil qilish, amaliy va xomiylik yordam ko‘rsatish bo‘yicha «Uzmaxsussuvqurilish» ixtisoslashgan kompaniya davlat korxonasi bilan xamkorlik qilinmoqda. Kafedra mutaxassis ixtisoslashuviga mos zamonaviy korxonalar ya’ni Chirchiq – Oxangaron irrigatsiya tizimi xavza boshqarmasi (ITXB) bilan ilmiy texnologik muammolar, ilmiy texnologik muammolar bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan ilmiy taqiqot ishlar bo‘yicha innovatsion xamkorlik qilishmokda. Xalqaro hamkorlik va chet el bilan ilmiy aloqalar asosida erishilgan natijalar. Kaferada  MDH mamlakatlari oliy o‘quv yurtlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. “Bo‘z suv” ITB da kafedraning filiali ochilgan bo‘lib, unda  yo‘nalishning bitiruvchi talabalari “Fan-ta’lim-ishlab chiqarish” integratsiyasi doirasida bitiruv malakaviy ishlarini bajarib kelmoqda. Kafedraga xozirgi kunda 3 ta o‘rta-maxsus kasb-hunar kollejlari biriktirilgan bo‘lib, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ularda muammoli ma’ruzalar tashkil etilib kelinmoqda. Shu bilan birgalikda kasb hunar kollejlari uchun o‘quv uslubiy adabiyotlar yaratilmoqda.