To'garaklar

“Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasida “Irrigator” to‘garak tashkil etilgan bo‘lib, ushbu to‘garakda Gidromelioratsiya fakulteti talabalari tahsil olmoqda. To‘garaklarning dars jadvali tuzilgan. Kafedra qoshida tashkil etilgan “Irrigators”  jamoasi a`zolari Respublika fan olimpiadalarida 5 ta, Respublika doirasida o’tkazilgan talabalar uchun start-ap tanlovlarda 4 marta, universitet miqyosida o’tkazilgan tanlovlarda 20 dan ortiq faxrli o’rinlarni egallab kelishmoqda. Bu tanlovlar orasida “Butun jahon suv suv kuni” alohida o’rin tutib unda talabalar suv muammolarini yechishda o’zlarining ilmiy va amaliy loyihalari bilan qatnashib kelishadi. Bundan tashqari, to‘garaklarning dasturlari, ishchi dasturlari, dars o‘tish uchun materiallar, test savollari mavjud. Kafedraning iqtidorli talabalar bilan ishlash hamda Talabalar ilmiy jamiyati (TIJ) faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar o‘z vaqtida reja asosida bajarilmoqda. Kafedrada ilmiy ishlarga talabalar jalb etilib, ular bilan birga ishlashga kafedra professor-o‘qituvchilari individual biriktirilgan. Jumladan, “Bog‘ va uzumzorlarda past bosimli tomchilatib sug‘orish tizimini tashkil qilish” mavzusidagi ilmiy, “O‘quv-ilmiy markazi hududida ekinlarning joylashuv xaritasi va suvdan foydalanish rejasini tuzish va takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish ” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishiga prof. Sherov A.G‘., “Interpolimer kompleksli ekran orqali g‘o‘za sug‘orilishida suv iqtisodiga erishish” mavzusidagi ilmiy – tadqiqot ishlariga dotsent Gadayev N., “Suvdan foydalanish rejasini tuzish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot assistent A.Irismatova dotsent B.Amanov rahbarlik qiladilar. Talabalar ilmiy maktablar va olimlarning faoliyati bilan tanishtiriladi. TIJda talabalarning ilmiy muammoli mavzular doirasidagi ijodiy ishlarni va muhokamadan o‘tkazib, tegishli tavsiyalar berib borilmoqda. Kafedrada professor – o‘qituvchilari yillar mobaynida iqtidorli talabalar bilan ishlar olib borishdi. Xozirda kafedra tashabbusi bilan biriktirilgan 20 nafar iqtidorli talabalar mustaqil mavzular asosida togaraklar olib bormokda. Kafedraga biriktirilgan iqtidorli talabalar tomonidan xisobot yilida kafedraning professor - o‘qituvchilari rahbarligida ilmiy maqolalar va tezislari bilan Respublika OTM larida tashkil etilgan ilmiy - amaliy konferensiyalarda qatnashib, ilmiy ishlarini chop ettirishadi. To‘garak mashg‘ulotlari xar xaftaning chorshanba kunlari soat 15:00 da boshlanadi.