Hamkorlar

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti «Gidrologiya va gidrogeologiya» kafedrasini soha bo‘yicha ishlab-chiqarish bilan uzviy aloqasini ta’minlash, talabalarga bilim berish va professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek o‘quv va ishlab-chiqarish amaliyotini tashkil qilish, amaliy va homiylik yordam ko‘rsatish bo‘yicha:

  1. O’zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (O’zGidromet)
  2. Toshkent suv ombori boshqarmasi.
  3. Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy – tadqiqot instituti (ISMITI)
  4. Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti davlat muassasasi (GIDROINGEO)
  5. Chirchiq-Ohangaron Irrigatsiya tizimi havza boshqarmasi huzuridagi Meliorativ ekspeditsiyasi.

tashkilotar bilan ilmiy texnologik muammolar bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan ilmiy taqiqot ishlar bo‘yicha innovatsion hamkorlik qilishmoqda.

Xalqaro hamkorlik va chet el bilan ilmiy aloqalar asosida erishilgan natijalar. Kaferada bir nechta mamlakatlar oliy o‘quv yurtlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. SHu bilan bir qatorda Germaniya davlatida ERASMUS loyihasi asosida o‘quv kurslarida ishtirok etib kelindi. Hozirda kafedra Xitoy fanlar akademiyasi qoshidagi Xinjiang ekologiya va geografiya instituti, Germaniyaning Gumbolt universiteti, Rossiya davlat gidrometeorologiya universiteti, Rossiya davlat gidrologiya instituti, Shvesiyaning Lund universiteti hamda Xorvatiyaning Zagreb universitetlari bilan ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.