Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish muhim ekanligini hisobga olgan holda kafedrada «EVRIKA» iqtidorli talabalar to’garagi faoliyat ko‘rsatmoqda. To’garakda 50 nafardan ortiq iqtidorli talabalar professor-o‘qituvchilar raxbarligida turli yo’nalishlarda ilmiy izlanish olib bormoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari iqtidorli talabalar bilan aniq mavzular doirasida tadqiqotlar olib borilmoqdalar. Mashg’ulotlarda gidravlika doir muammoli masalalar, ularni yechish uslublari bo’yicha laboratoriya tadqiqotlari, nazariy va amaliy tadqiqotlarni olib borish uslublari o’rgatiladi. Iqtidorli talabalarga tezis, ilmiy maqolalar, ixtiro va foydali modellarga talabnoma yozish qoidalai o’rgatiladi. Suv xo’jaligi ob’ektlarini loyihalashda Respublikamiz va Xorijiy mamlakatlarning tajribalari, AKT larni qo’llash, innovatsion g’oyalar va START-UP loyihalarini shakllantirish va rasmiylashtirish masalalari bo’yicha ma’lumotlar beriladi.
«E V R I K A» to‘garagida erishilgan yutuqlar:
Evrika to’garagi talabalari "Gidravlika" fani bo‘yicha Respublika olimpiadasida 35 yil davomida faxrli I o‘rinni egallab kelmoqda. «Evrika» to’garagi iqtidorli talabalari tomonidan bir qator yutuqlarga erishilgan. Jumladan 2023 yilda “Ulug’bek vorislari” tanlovida 12 nafar talaba tuman bosqichida, 5 nafar talaba viloyat bosqichida, 1 nafar talaba Respublika bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritdilar. Shuningdek Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan START-UP tanlovi loyihalarida ham faol istirok etib kelmoqdalar. «Evrika» to’garagi iqtidorli talabalari tomonidan doimiy ravishda, Respublika va Xalqaro koonferensiyalarda, ilmiy jurnallarda maqolalar nashr etilmoqda.
Mashg’ulotlarni olib borish vaqti va joyi:
Har haftaning chorshanba kuni soat 15:00 da G-419 auditoriyada.
Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul:
Dotsent: Otaxonov M.Y.
Murojaat uchun ma’lumot:
Bino: G o‘quv binosi, 402 va 418 – xonalar
Tel.: (871) 237-19-71