Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus bugungi kunda yoshlar hayotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Bu borada institutimizda ham samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi dotsenti Adham Mamataliyev rahbaligida “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” yo‘nalishi 3-kurs 302-guruh talabalari “Muqumiy” nomidagi O‘zbekiston davlat musiqiy teatriga tashrif buyurishdi. Teatrda Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” nomli asari asosida sahnalashtirilgan “Otabek va Kumushbibi” spektakli namoyish etildi. Bu spektaklni talabalar maroq bilan tomosha qilishdi va katta taassurotlarga ega bo‘lganliklarini aytishdi. Institutimizda yoshlarning yaxshi bilim olishlari, yuksak ma’naviyat egalari bo‘lib kamol topishlarida keng imkoniyatlar yaratilganligini talabalar e’tirof etishib, buning uchun institut rektori Umurzaqov O‘.P. dan va mazkur tadbirni qo‘llab-quvvatlagan Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Choriyev R.Q. dan minnatdor ekanliklarini aytib o‘tishdi.
Dotsent Adham Mamataliyev axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov