“TIQXMMI” MTU rektorining 2023 yil 28 yanvardagi tasdiqlangan Universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlarining xotin-qizlar bilan olib borilgan faoliyati hisobotini topshirish reja jadvaliga ko`ra joriy yilning 2 fefral kuni G-bino, 111-xonasida “Gidromelioratsiya” fakultetida 2022 yil davomida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan fakultetning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Beknazarova tomonidan hisoboti berildi.
Hisobot yig‘ilishida fakultet ayol professor-o‘qituvchilari va hodimlar ishtirok etishdi. Fakultetdagi xotin-qizlar masalalari yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan muxokama qilindi va berilgan takliflar fakultetda amalga oshirish uchun belgilab olindi.
Hisobotda yoritilgan masalalar yuzasidan Universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat Kengashi raisi Ismailova Zuxra Karabayevna so‘zga chiqib, amalga oshirilgan ishlarni ijobiy baholadilar va 2023 yilda fakultetda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustivor vazifalarga to‘xtaldi.