Kafedrada Qozog‘iston Respublikasi Agrar Davlat Milli va Taraz Davlat Agrar Universitetlari, Rossiya Federatsiyasining suv va qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan bir qator ilmiy tekshirish institutlari, Germaniya davlatidagi Shtutgart shaxri Xoxenxaym Universiteti bilan hamkorlikda ilmiy-texnik ishlar olib borilmokda, o‘quv qo‘llanmalari, metodik ko‘rsatmalar, ilmiy va ilmiy-texnik maqolalar tayyorlanmoqda. Joriy yilda Rossiya davlatidagi “Pribor», «Nauka i mir», «Selskoxozyaystvennыe mashinы i texnologii» jurnallarida kafedra professor o‘qituvchilarining maqolalari hamda Germaniya davlati Lambert akademiyasida 1 ta monografiya chop etildi. Kafedra hozirgi kunda ISMITI, Smart Solution systems, EcoDrip, AgroDrip, Bo'zsuv ITB, Chirchiq Ohangaron ITHB, Amu-Buxoro ITHB, “Suvloyiha” ITI xamda Respublikadagi irrigatsiya tizimi xavza boshqarmalari bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan va muntazam aloqalar o‘rnatilgan.