Hamkorlar

Kafedra faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha maxalliy va xalqaro turdosh ilmiy, oliy ta’lim, ishlab chiqarish va boshqaruv muassalari bilan o‘zaro manfaatli xamkorlik faoliyatlari yo‘lga qo‘yilgan. Hatto ayrim xamkorlar bilan xamkorlik yo‘nalishlari va uning dolzarbligi Vazirlar Maxkamasi qarorlari darajasida e’tirof etilgan. Jumladan quyida keltirilgan vazirlik va tashkilotlar bilan kafedraning o‘zaro manfaatli xamkorlik yo‘nalishlari ikki tomonlama tashabbus asosida belgilanib, Vazirlar Makamasining qarorlari bilan tasdiqlangan. Mazkur vazirlik va qo‘mitalar hamda ularning tarkibidagi tashkilotlar bilan Oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning innovatsion koorporativ hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek kafedrada respublikada faoliyat olib borayotgan oliy ta’lim muassalari, O‘zbekiston fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot hamda loyihalash institutlari bilan uzviy o‘zaro manfaatli xamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Ular jumlasida:

Kafedrada chet eldagi turdosh nufuzli ilmiy va oliy ta’lim muassalari bilan ham o‘zaro manfaatli xamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Bunday xamkorlik amalda o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Olingan natijalar avvalo qishloq va suv xo‘jaligi, atrof muhit muxofazasi kabi muhim yo‘nalishlardagi mavjud muammolarga birgalikda ilmiy yechim topish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirishi va tajriba almashishlari, ularning salohiyatini oshishi, xamkorlikda zamonaviy o‘quv va ilmiy adabiyotlarning yaratilishi, o‘quv-laboratoriya va moddiy texnika bazasini rivojlantirish kabi masalalarda ijobiy bo‘lmoqda. Xalqaro xamkorlikning asosiy mexanizmlari sifatida xalqaro ilmiy va ta’lim hamda potensialni rivojlantirish grantlari, shuningdek ikki tomonlama va oliy ta’lim muassalari konsorsiumlari imkoniyatlaridan foydalanilmoqda. Quyida faol xalqaro xamkorlar nomlari keltirilgan.