Joriy yilning 5 oktyabr kuni 3-sonli talabalar turar joyida “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari talabalar bilan anu shu mavzuda davra suxbati o‘tkazdilar. Davra suhbatida inson avvalo qalbini tozalaydi, ya’ni uni chirkin, kir tushunchalardan tozalab musaffo qalb egasi bo‘lishi kerak. Toza qalb egasi bo‘lgan inson endi badanini toza tutishi kerak. Toza qalb, toza badan faqat toza liboslar bilangina bo‘lishi mumkin. Bunday poklikka ega bo‘lgan inson faqat toza joyda yashamog‘i, ya’ni o‘zi yashab turgan uyini, xonasini ozoda, saranjom – sarishta tutmog‘i shart bo‘ladi. Poklik-ozodalikning shunday ko‘rinishi ajdodlarimizdan bizga merosdir va biz bunga amal qilishga burchlimiz! deb ta’kidladilar.
Gidromelioratsiya fakulteti dekan o‘rinbosari X.Tuychiyev