Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludinig 540 yilligi munosabati bilan Gidromelioratsiya fakulteti "DEKAN KUBOGI-2023"...

    Bobokolonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijonda, Fargʻona ulusining hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga keldi. Zahiriddin Muhammad Bobur oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda edi. Ushbu bobokolonimiz, tarixdagi buyuk sarkardalarimizdan biri Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludinig 540 yilligiga bag'ishlab "Gidromelioratsiya" fakulteti talabalari o'rtasida sportning futbol, voleybol va stol tennisisi turlaridan joriy yilning 9-11 fevral kunlari "DEKAN KUBOGI-2023" musobaqasi tashkil etildi. 
       Sportning futbol turidan 1-4 kurslardan jami 20 ta jamoa, volebol turidan 8 ta jamoa va qizlar o'rtasida stol tennisi turidan 14 nafar qizlar ishtirok etishdi.
    Natijalarga ko'ra sportning futbol turidan fakultetning 408-guruh jamoasi 1-o'rinni,2 kurs SXMIM yo'nalishi jamoasi 2-o'rinni, 310-guruh jamoasi 3-o'rinni. 
      Sportning voleybol turidan fakultetning 310-guruh talabalari 1-o'rinni, 303-guruh talabalari 2-o'rinni, 311-guruh talabalari 3-o'rinni qo'lga kirirtishgan bo'lsa, qizlar o'rtasida sportning stol tennisi turidan 212-guruh talaba qizlari Oskanova O'raloy       1-o'rinni,  Otaboyeva Madina 2-o'rinni, 213-guruh talabasi Eshonova Ma'mura 3-o'rinni qo'lga kiritishdi.

    G'oliblar fakultet dekanati tomonidan esdalik sovg'alari va diplom bilan taqdirlanishdi.

​​​​​​

 

 

 

 

 

 

Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari B.To'ychiev.