Ilmiy ishlar

02.02.2021 730 

Ilmiy tadqiqot ishlar mavzusi

Maqsad va vazifalari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot

1.

Malakali kadrlarni tayyorlashda pedagoglarning innovatsion faoliyatini takomillashtirish

Oliy ta’lim tizimida malakali kadrlarni tayyorlashda pedagoglarning innovatsion faoliyatini takomillashtirish. Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik ishlarini takomillashtirish, qishloq va suv xo‘jaligi tizimida “Kasb ta’limi” pedagoglarini tayyorlash hamda soha yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlarini pedagog va muhandis-pedagoglar bilan ta’minlash, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish, ta’lim samaradorligini oshirishda metodika tayyorgarlikka innovatsion yondashish, o‘quv-uslubiy bazasini takomillashtirish, fan dasturlari,  uslubiy qo‘llanma, ko‘rsatma, tavsiyanoma, risolalar chop etish, soha yo‘nalishlari bo‘yicha pedagog kadrlarning (Kasb ta’limi) metodik tayyorgarligini rivojlantirishga innovatsion yondashuvni tashkil etish

              -malakali kadrlarni tayyorlashda pedagoglarning innovatsion tayyorgarligini diagnostika qilishga shart-sharoitlar sifatida pedagogik va texnik bilimlarni integratsiyalash mazmuni, vositalari, darajalari aniqlanganligi;

I.T.I.ning maqsadi: Oliy ta’lim tizimida malakali kadrlarni tayyorlashda pedagoglarning innovatsion faoliyatini takomillashtirish. Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik ishlarini takomillashtirish, qishloq va suv xo‘jaligi tizimida “Professional ta’lim” pedagoglarini tayyorlash hamda soha yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlarini pedagog va muhandis-pedagoglar bilan ta’minlash, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish, ta’lim samaradorligini oshirishda metodika tayyorgarlikka innovatsion yondashish, o‘quv-uslubiy bazasini takomillashtirish, fan dasturlari,  uslubiy qo‘llanma, ko‘rsatma, tavsiyanoma, risolalar chop etish, soha yo‘nalishlari bo‘yicha pedagog kadrlarning (Kasb ta’limi) metodik tayyorgarligini rivojlantirishga innovatsion yondashuvni tashkil etish

Vazifalari: ilmiy tadqiqot mavzusiga oid ilmiy-pedagogik, psixologik, metodik manbalarni o‘rganish va tahlil qilish, qishloq va suv xo‘jaligi tizimida «Kasb ta’limi» yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tahlil qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning asarlarining g‘oyasi, xususan, ”Malakali kadrlar tayyorlashda pedagoglarning innovatsion faoliyatining takomillashtirish” mavzusiga oid metodik ishlanmalar, ta’lim texnologiyalari yaratish, mavzu bo‘yicha xorijiy ilmiy jurnallarda maqola Respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarida maqola va tezislar chop ettirish va mavzu doirasida ilmiy tadqiqotchilar tayyorlash.

Olingan natijalar: Ilmiy ish natijalari bo‘yicha 5 ta monografiya, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 6 ta uslubiy qo‘llanma, 1 ta risola, 33 ta xorij ilmiy jurnallarida maqola, 20 ta respublika ilmiy jurnallarida maqola,  15 ta xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda ilmiy maqola, 13 ta Respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda  maqola va 10 dan ortiq OTM miqyosida o‘tkazilgan ilmiy amaliy anjumanlari materiallarida maqola va tezislar chop etildi.