"Gidromelioratsiya" fakulteti talabalar uchun "Ayol qadri" mavzusida targā€˜ibot tadbiri...

      2023 yil 18 aprel kuni  "TIQXMMI" MTU "Gidromelioratsiya" fakultetining 154 nafar talabalari uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati Litvinova Olga Ivanovna, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi Fayziyeva Sevara Tulkunovna, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi Umarxadjayeva Shaxnoza Maxsudovna fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari B. To‘ychiev, fakultet hotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. Beknazarova, fakultet o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari A. Qarabayev, fakultetning tyutorlari O‘.Usmonov, D.Ahrarova, G.Ahmedjanova, A.Shonazarov, Z.Tursunova ishtirokida O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasiga kiritilayotgan o'zgarishlarda "Ayol qadri" mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilari birin ketin so‘z olib davlatimizda olib,  borilayotgan ijobiy o‘zgarishlar hamda ayollarga prezidentimiz tomonidan yaratilayotgan sharoitlar va ushbu ayolarga berilayotgan imkoniyatlarni qonun bilan mustahkamlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar haqida to‘htalib, 2023 yil 30 aprel kuni "Referendum " da faol ishtirok etishga chaqirishdi. Tadbir mehmonlari fakultet dekanati tomonidan fahriy yorliq bilan taqdirlanishdi.