Amaliyot jarayonlari

     2022 yilning 27 iyul kunidan joriy yilning 20 avgust kuniga qadar  "TIQXMMI" MTU "Gidromelioratsiya" fakultetining 3-kurs talabalari uchun ishlab chiqarish amaliyoti belgilangan. Hozirgi kunda ushbu amaliyotni o`tayotgan talabalardan bir guruhi universitetning 721/t-sonli buyrug`i asosida Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumani "TCT Agro cluster" masuliyati cheklangan jamiyatda ishlab chiqarish amaliyotini o`tashmoqda. Talabalarga ushbu ishlab chiqarish amaliyotida olgan bilimlari kelgusida ish jarayonida as qotadi.