Irrigatsiya tizimi boshqarmasida diplom himoyasi

TIQXMMI rektori O‘.P.Umurzakov tashabbuslari asosida 2019 yil 28 may kuni 448-a/f-04 qo‘shma buyrug‘iga asosan Bo‘zsuv Irrigatsiya tizimi boshqarmasida “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasi filiali tashkil etilgandi. U yerda ilk bor “Gidromelioratsiya” fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalari bitiruv malakaviy ishlarining himoyasi o‘tkazildi.

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov