Qo‘l to‘pi o‘yini

Gulzordagi anvoyi gullar har biri o‘z rangi, ifori bilan chiroy kasb etgani kabi sportning barcha turlari ham diqqatingizni tortmasdan qolmaydi. Ular ichida qo‘l to‘pi ayricha mohiyatga ega. Tezkorlik va ildamlik bu sport musobaqasida ham g‘alabani ta’minlashga garov bo‘la oladi. Bu sport turiga institutimizda e’tibor yuqori darajada.

2018 yil 23 - 24 oktyabr kunlari “Sport - sog‘lik garovi” shiori ostida fakultetlararo talaba-yoshlar o‘rtasida sportning gandbol turi bo‘yicha Rektor kubogi sport musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqada 7ta fakultet (GM, GIM, GTQ, QSXET, QXM, YeRB, SXTEB,) terma jamoalari ishtirok etishdi. Ular o‘rtasida qiziqarli bellashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada jami 82 nafar talaba-yoshlar faol qatnashishdi.

Musobaqa sermazmun va samarali o‘tkazildi. Ushbu bellashuv yakunida g‘olib jamoalar Institut rahbariyati tomonidan diplom, kubok hamda esdalik sovg‘alar bilan munosib taqdirlandilar. Natijaga ko‘ra, birinchi o‘rin  GIM  fakulteti, ikkinchi o‘rin GTQ  fakulteti, uchinchi o‘rin  SXTEB fakultetining terma jamoalariga nasib etdi.

 “Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi mudiri  M.Norqobilov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov