TIQXMMIda “Akademiklar uchun Ingliz tili” kursi

Turli fanlar bo‘yicha dars beruvchi professor- o‘qituvchilarimizni joriy yilning  mart oyida institutimizning Kasbiy Rivojlantirish Markazida  tashkil etilayotgan “Akademiklar uchun Ingliz tili”            (EFA-English for Academics) kursiga taklif qilamiz. Ushbu kurs  A2 va B1 darajalariga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilarga auditoriya va  onlayn mashg‘ulotlari bo‘yicha o‘quv dasturini o‘z ichiga oladi. Qatnashuvchilarning onlayn topshiriqlari english.edu.uz o‘quv  platformasida tashkil qilinib, Britaniya Kengashi koordinatorlari tomonidan baholab boriladi. Kursni muvaffaqiyatli tugatgan nomzodlar sertifikatlar bilan taqdirlanishadi.Ushbu sertifikat sohiblari  institutda o‘z fanlarini ingliz tilida olib borish imkoniyati   bilan bir qatorda, El Yurt Umidi Jamg‘armasi tanlovining to‘g‘ridan-to‘g‘ri  ikkinchi bosqichiga o‘tish imkoniyatini ham  beradi.

O‘tkazilish joyi: Kasbiy Rivojlantirish Markazi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.

Imkoniyatni boy bermang! Kasbiy  rivojlanishda birinchi bo‘ling!

O‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tishni unutmang!

Qo‘shimcha ma’lumot: “Ingliz tili” kafedrasi katta o‘qituvchisi

telefon raqami: +99894 637-82-46 Go‘zal Eshchanova