Urush mashaqqatlarini his etmoq

2019 yil 11 may kuni “Gidromelioratsiya” fakulteti SXM ta’lim yo‘nalishi 104-guruh talabalari guruh murabbiyi dotsent S.Buriev boshchiligida 9 may - Xotira va qadrlash kuni – umumxalq bayrami munosabati bilan Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida tashkil etilgan bayram tadbirlarida ishtirok etishdi. Bayram tadbirlari doirasida harbiy ko‘rgazma tashkil qilindi. Unda urush davri sharoitini aks ettiruvchi eksponatlar, jumladan, okop va blindajlar, o‘sha davr qurol-aslahalari, harbiy texnikalar namoyish qilindi. Tadbir davomida guruh talabalari harbiy texnika va liboslar bilan suratga tushish, yaxlit ansambl tomonidan tayyorlangan dekoratsiyalar va sahna ko‘rinishlarini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

104-guruh murabbiyi dotsent Salimjon Buriev axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov