Tarixi

“Jismoniy madaniyat va sport”kafedrasi mudiri

Norqobilov Muhiddin Najimovich

Tel.: +99871-237-19-41

Email: m.norqobilov@tiiame.uz

 

 


Institut tashkil etilgan davrlarda “Jismoniy tarbiya va sport” sohasi bo‘yicha mutaxassis-kadrlari yetishmasligi tufayli talabalarga jismoniy tarbiyadan dars o‘tish mashg‘ulotlari hamda talaba-yoshlar orasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish ishlarini olib borish institut harbiy kafedrasi xodimlaridan P.Karvchenko, G.Sheninlar zimmasiga yuklatilgan. Mazkur “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi 1948 yili tashkil etilgan. Kafedraga birinchi bo‘lib Ye.N.Lelyakova (1948-1949) yilari kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. Undan keyin (1949-1952) yy., A.A.Korobeynikov, (1952-1956) yy., Yu.P.Egorov, (1956-1960) yy., V.M.Kurlyand, (1961-1964) yy., K.J.Djuraev, (1965-1968) yy., V.N.Mixaylov, (1969-1972) yy., A.A.Agzamov, (1973-1980) yy., A.A.Bozorov, (1980-1981) yy., P.I.Lыsenko, (1982-1986) yy., dos. B.I. Ibragimov, (1987-1988) yy., G.Z. Nurmuxamedov, (1989-2010) yy., prof. P.I.Donchenko, (2010-2011) yy., dos. A.R. Xodjanov, (2011-2012) yy., Ikromov B.T. Hozirgi kunda 2012 yildan buyon M.N.Norqobilov kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunda talaba-yoshlarga jismonan va ma’nan yetuk bilim berishda kafedra katta ilmiy-pedagogik salohiyatga ega. Kafedrada faoliyat yuritayotgan prof-o‘qituvchilari kafedra mudiri M.N.Norqobilov, dotsent A.R.Xodjanov, katta o‘qituvchi assistent V.V.Mahmudovlar samarali mehnat qilishmokda. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning, Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim - tashabbusi doirasida ilgari surilgan, ikkinchi tashabbus - Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan topshiriqlarini ta’minlash maqsadida, institut sport majmuasi binosida bir qancha ishlar amalga oshirildi.

Institutimiz rektori, professor O‘.P.Umurzakov tashabbusi bilan 2018-2019 o‘quv yilida “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi binosining old qismida joylashgan ochiq asfalt qoplamali sport maydonini o‘rniga, zamonaviy suniy qoplamali futbol maydoni, voleybol maydoni, badminton maydoni, yugurib kelib uzunlikka sakrash maydoni hamda yugurish yo‘lakchalari barpo etildi, Hurmatli rektorimiz tomonidan tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Shuningdek, sport majmuaning ichki va tashqi qismlari to‘liq kapital ta’mirlanib, shu qatorda kafedra tarixi muzeyi, fitnes klub (trenajyor) xonalari tashkil etilib, zamonaviy sport inventarlar bilan jihozlandilar. Ikkinchi - tashabbus bo‘yicha institut talaba-yoshlarining darsdan bo‘sh vaqtlarini sermazmun va samarali o‘tkazish bo‘yicha barcha shart-sharoitlar yaratilib, ommaviy sportga keng jalb qilish ishlari jadal rivojlantirilmoqda. Kafedraning bugungi kundagi vazifalari – talabalarni jismoniy chiniqishi va sog‘lom hayot kechirish ko‘nikmasini shakllantirishga ko‘mak berish hamda jismonan baquvvat va ma’nan sog‘lom mutaxasislarni tarbiyalash bilan o‘zviy bog‘liqdir.


Gidromelioratsiya fakulteti O‘qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar  Tadqiqotchilar  Hamkorlar  Kafedra xodimlari  To‘garaklar  Dars jadvali  Aloqalar