O'qitiladigan fanlar

 

 

Fanning nomi

Fan haqida qisqacha ma’lumot

1

Jismoniy tarbiya va sport

      Jismoniy madaniyat – umuminsoniy madaniyatning bir qismi bo‘lib, inson salomatligini mustahamlash, jismoniy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyat sohasi. Jismoniy madaniyat va sport talaba-yoshlarda  ko‘pgina fazilatlar, shu jumladan ularning jismoniy baquvvat bo‘lishi, organizmning zahira kuchlari, ish qobiliyatining hamda organizmning ko‘pgina kasalliklarga nisbatan qarshilik kuchining oshishiga yordam beradi. Amaliy mashqlar jarayonida talabalarda jismoniy madaniyat va sportga oid chuqur bilim va muhim jismoniy sifatlarni rivojlantirish, sog‘lom avlodni tarbiyalash, aql-idrok harakatlar jarayonida insonning psixofiziologik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan hamda jismoniy kamolotga yetishga yo‘llanma beradigan fanlardan biridir.