Ilmiy ishlar

Kafedrada quyidagi ilmiy – tadqiqot ishlari olib borildi

Ilmiy tadqiqot ishlar mavzusi

Maqsad va vazifalari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot

1.

Institutda iqtidorli talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda ommaviy sport turlari bo‘yicha innovatsion-pedagogik texnologiyalarini ishlab chiqish

ITI mavzusi bo‘yicha o‘quv qo‘llanma, monografiya, ilmiy maqolalar, o‘quv–uslubiy qo‘llanmalar chop etish.Talabalarning jismoniy tayyorgarligiga ko‘nikma hosil qilish va jismoniy sifatlarini oshirish. Respublika, shahar miqyosida o‘tkaziladigan sport musobaqalarida faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishish.

ITI ning maqsadi: Kafedraning ilmiy faoliyatida ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish va ularni o‘quv jarayoniga joriy etish, innovatsion va xalqaro hamkorlik bilan birga iqtidorli sportchi talabalar bilan ishlash yo‘nalishlari ham muhim o‘rin tutadi. Respublika, shahar sport musobaqalariga institutimiz iqtidorli talabalari faol ishtirok etib, o‘zimizga xos bo‘lgan natijalarga erishib, institut sharafini yuqori darajaga ko‘tarish, shu bilan bir qatorda jismoniy tarbiya va sport orqali talaba yoshlarni jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol shaxs bo‘lib shakllantirish va yuqori malakaga ega bo‘lgan, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir.
Vazifalari: - jismoniy chiniqish va sog‘lom hayot kechirish ko‘nikmasini tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga kumak berish, jismonan baquvvat va ma’naviy sog‘lom mutaxassislarni tarbiyalash, milliy sport turlarini keng targ‘ib qilish va talabalarni ular bilan shug‘ullanishga jalb qilish, jismoniy tarbiya orqali kasallikning oldini olishdagi vositalardan foydalanish, sport mashg‘ulotlariga o‘z-o‘zini nazorat qila bilishni o‘rgatish, talabalarni sport turlari bilan muntazam ravishda shug‘ullanishga jalb qilish, ma’lum sport turlari bo‘yicha xakamlik malakasini egallashda yordam berish va o‘rgatishdan iborat.
Olingan natijalar: 
Toshkent shahar saralash bosqichida “Universiada-2019” dasturiga kiritilgan sportning yengil atletika, stol-tennis, belbog‘li kurash hamda futbol turlari bo‘yicha institutimiz iqtidorli sportchi talabalari qatnashib, 6ta oltin, 5ta kumush, 8ta bronza medallarni qo‘lga kiritdilar. 
Mini-futbol bo‘yicha Toshkent shahar xalqaro OTM lari o‘rtasida “Talabalar ligasi” bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada Irrigator terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib kubok sohibi bo‘ldilar.