Samarqand safarida

“Gidromelioratsiya” fakulteti  “Suv xo'jaligi va melioratsiya” yo'nalishi 401 - guruh talabalari guruh murabbiysi E va SRB kafedrasi dotsenti Ravshan Boyirov bilan birgalikda Navro'z ayyomini ko‘tarinki ruhda nishonlash maqsadida Samarqand shahridagi tarixiy obidalarga sayohat va muqaddas qadamjolarimizga ziyorat tadbirlarini uyushtirishdi.

Sayohat mobaynida talabalar Samarqand shahridagi  tarixiy obidalar, tarixiy shaxslar haqida yanada ko'proq ma'lumotlarga ega bo'lish bilan birgalikda u yerning milliy ta'omlaridan ham tatib ko'rishdi!!!

TIQXMMI matbuot xizmati